Meni biznes forumga taklif etishgan edi…
U yerda Vengriya davlatidagi tadbirkorlar va O’zbekistonlik tadbirkorlar uchrashuv o’tkazishayapti.
Men ham dasturchi-tadbirkor sifatida, Vengriyaliklarga o’z xizmatlarimni taklif etdim. Ammo…
…men mijoz tanlashda sal shoshgandim. Aslida, mening xizmatlarim (web-sayt, mobil ilova yasash), O’zbekistonliklarga ko’proq kerak bo’lib chiqdi.
Negaki, bizning davlatga kelgan mehmonlarning barchasida sayt yoki ilova bor, lekin biznikilarga…
Analiz qilib, shuni bildimki, tadbirkorlarimiz, sayt nega kerak ekanligini bilishmaydi.
Uning qanchalar kuchli marketing vositasi ekanligini, savdoni oshib beradigan instrumentlardan biri ekanligini hali yaxshi tushunishmaydi.

Agar biznesda sayt bo’lsa:
- 24/7 ishlaydigan sotuvchi bo’ladi, mijozlarga kun-u tun ma’lumot beradi
- Siz uxlaganingizda ham sizga daromad keltiradi
- Raqobatda ustun qiladi. Hali onlayn mavjud bo’lmagan korxonalarga nisbatan sizni raqobatdosh qiladi.
- Bosmaxona, televideniya kabi an’anaviy reklamalarga qaraganda marketingning eng tejamkor usuli
- Mijozlarning fikrlari biznesingizga nisbatan qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.
- Biznesingizga nisbatan ishonchni bir necha barobarga oshiradi.
Web-Sayt yasash narxlari qanday?
Qorningiz og’risa, shifokor necha pulga davolab qo’yadi? Javob berish qiyin-a?
Negaki, oldin tashxis qo’yiladi, ana undan keyin og’riqqa qarab muolaja qilinadi.
Sayt yasash ham xuddi shunday, qanday imkoniyatli saytni qancha vaqtda yasashga qarab narxlar turlicha bo’ladi.
Maxsus imkoniyatli saytlarni dasturchilarga yasatganingiz ma’qul. Masalan, biz bilan ishlashingiz mumkin.
Lekin, nisbatan sodda, sotuvchi saytlar, bir sahifalik ma’lumot uzatuvchi saytlar, bloglarni o’zingiz ham yasashingiz mumkin. Istaysizmi men sizga buni o’rgataman?
Ha, sayt yasatishdan ko’ra, uni o’rganish sizga ancha arzonga tushishi mumkin…
Buning uchun dasturlashni o’rganish shart emas!
Agar kod yozmasdan sayt yasamoqchi bo’lsangiz…
Atigi 1 hafta ichida bu sohani o’rganib olmoqchi bo’lsangiz…
Keyinchalik saytingizni ko’rinishini atigi 2 daqiqa ichida avtomatik o’zgartirib yuborishni istasangiz
Sizning saytlaringiz Google, Yandex tizimlarida chiqishini xohlasangiz:

Butun dunyodagi hamma saytlarning 40%idan ko’pi aynan shu tizimda ishlab chiqilgan.
U foydalanishga shu darajada qulayki, saytingizni telegram ishlatgandek, oson boshqarasiz.
Saytingizga har kuni qancha odam kirayapti, qayerdan kirayapti oson ko’rib turasiz.
Mijozlaringiz sizga aloqaga chiqishlari ham oson bo’ladi.
Eng asosiysi, bir necha minglab bepul shablonlar bilan istalgan vaqtda saytingizni ko’rinishini oson o’zgartira olasiz.
Bir haftada o’z web-saytini tayyorlamoqchilar uchun
π΄Jonli kurs tashkil qilganman. Bunda 1 hafta ichida sayt yasashni oson va tez o’rganib olasiz.

Jonli darslar davomida
- β O’z saytingizni internet tarmog’iga qo’yishni
- β SEO sozlamalarini
- β Shablonlar bilan ishlashni
- β Saytingizga tashrif buyuvchilar analitikasini
- β Saytingizni telegram bot bilan bog’lashni
- β va saytning boshqa muhim funksiyalarini o’rganib olasiz.
- β Darslar ZOOM orqali online olib boriladi
- β Har bir dars video dars sifatida yozib boriladi, uni qayta-qayta ko’rishingiz mumkin.
- β Yopiq guruh siz bilan butunlayga saqlanib qoladi, savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Guruhga qo’shilish uchun quyida ma’lumotlaringizni qoldiring: